Yangi noutbuk yoki kuchli kompyuter olgach, «qancha yangi bo‘lsa, shuncha yaxshi» degan xomxayol bilan eng oxirgi yilni o‘rnatishga shoshilmang. Ko‘pincha bu ochilmaydigan fayllar, ishlamaydigan plaginlar va kutilmagan qotishlarga olib keladi. Quyida 2023 dan 2027 gacha bo‘lgan asosiy dasturlarni tahlil qilamiz.
1. Autodesk Revit (BIM va Loyihalash)
Revit — bu qat’iy ma’lumotlar bazasi. Bu yerda xato qilish juda qimmatga tushadi!
- 2023: Toshdek qotgan barqaror klassika. Eski noutbuklar va eski plaginlar to‘plami uchun eng tinch boshpana.
- 2024: Hozirgi kunda jamoalar va institutlar o‘rtasidagi asosiy standart. Yangilangan relyef (Toposolid) asbobi mavjud, barcha plaginlar to‘liq moslashtirilgan.
- 2025: Ichki dvijok yangilangan o‘tish davri. Eski plaginlarning ko‘pi ishlamaydi, tizimda xatolar ko‘p. O‘rnatish tavsiya etilmaydi.
- 2026: Bugungi kundagi eng zo‘r tanlov! Yangi dvijok to‘liq silliqlangan, og‘ir modellarda xotira to‘lib qotib qolmaydi, tez ishlaydi.
- 2027: Endigina chiqqan versiya. Qiziqarli yangiliklar bor, ammo mas’uliyatli loyihalarni bu yerda boshlash xavfli.
Oltin qoida: Revit’da yangi yilda saqlangan fayl eski versiyalarda UMUMAN OCHILMAYDI. Agar jamoangiz 2024 da ishlasa, siz 2026 da saqlab qo‘ysangiz — faylni ularga qaytara olmaysiz!
2. Autodesk 3ds Max (Vizualizatsiya va 3D)
3ds Max uchun eng muhimi — render dvijoklari (Corona, V-Ray) va plaginlar bilan barqaror ishlashidir.
- 2023: Yillar davomida tekshirilgan sokin versiya. Eski noutbuklar va eski plaginlar bilan muammosiz ishlaydi.
- 2024: Modifikatorlar ancha qulaylashgan. Corona va V-Ray bilan nizolarsiz, silliq ishlaydi. Xotirjam ishlash uchun yaxshi tanlov.
- 2025: Dastur arxitekturasi o‘zgargani sababli ko‘plab plaginlar ochilmay qolgan injiq reliz. Render vaqtida qotishlar kuzatiladi.
- 2026: Tavsiya etamiz! Og‘ir sahnalarni tezroq hisoblaydi, yangi materiallar standarti mukammal ishlaydi va barcha plaginlar aynan shu yilga moslangan.
- 2027: Dastur mavjud, ammo unga kerakli mashhur plaginlar va skriptlar hali to‘liq moslashtirib chiqilmagan.
3. Autodesk AutoCAD (Chizmachilik)
Muhandislarning asosiy ish quroli. Yillarga unchalik injiq emas, ammo tezlikda farq bor.
- 2023: Oddiy, yengil, hech qachon pand bermaydigan klassika. 2D chizmalar uchun eng kam resurs talab qiladi.
- 2024: Hozirgi kunda eng ommabop va sinovdan o‘tgan xatosiz versiya.
- 2025: 2024 bilan deyarli bir xil, sezilarli yangiliklarsiz, barqaror ishlaydi.
- 2026: Grafik dvijogi kuchaytirilgan. Katta genplanlar va minglab chiziqlardan iborat og‘ir chizmalarni masshtablashda qotmasdan tez aylanadi.
- 2027: So‘nggi drayverlar optimizatsiyasi kiritilgan, ammo kundalik 2D chizmalarda 2026 dan katta farq sezilmeydi.
Katta afzallik: AutoCAD fayllari (DWG) barcha yillarda bemalol ochilaveradi, bu yerda versiya tanlashda xavotirlanish shart emas.
AstraSoft tavsiyasi: Jamoaviy ishlar va o‘rtacha kompyuterlar uchun — 2024. Yangi kuchli texnika va maksimal tezlik uchun — 2026.